+99891 646-12-12

Buyuk Ipak yo`li bo`lab sayohat (FARG`ONA-BUXORO-FARG`ONA)

Buyuk Ipak yo`li bo`lab sayohat (FARG`ONA-BUXORO-FARG`ONA)

  

Farg`ona-Buxoro(3)-Shaxrisabz-Samarqand(3)-Nurota-Buxoro(1)-Farg`ona (8 kun/ 7 kecha).

Sayohat dasturi

1-kun (Jum`a). Farg`ona-Buxoro.

            HY 1331 raqamli Farg`ona-Buxoro (17.00-19.00) avia reysida sharif shaharga yetib kelish. Jahongashta.uz xodimi Sizni aeroportdan kutib oladi va tarixiy markazda joylashgan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega mehmonxonada joylashtiradi.


 

2-kun (Shanba). Buxoro.

           Mehmonxonada nonushtadan so`ng, gid hamrohligida Buxoro tarixiy obidalariga tashrif. Ekskursiya davomida: IX asrda qurilgan Somoniylar maqbarasiga; Chashmayi Ayyub obidasiga; Bolo hovuz masjidiga; Ark qal`asiga; Poyi Kalon me`moriy majmuasi (Minora, Jome masjid va Mir Arab madrasasi)ga; Shayboniyxonlar davriga oid Sarrafon, Telpak furushon va Zargaron tijorat toqlariga; XII asrda qurilgan qadimiy Magoki attor masjidiga; Labi hovuz me`moriy majmualariga tashrif  buyuriladi.


 

3-kun (Yakshanba). Buxoro-Gijduvon-Shofirkon-Vobkent-Rometan-Kogon-Buxoro (7 Pir).

Mehmonxonada nonushtadan so`ng, 7 Pir yo`nalishi bo`yicha sayohat. Ulug` avliyolar ziyorati  Abduxoliq G`ijduvoniy majmuasidan boshlanadi. Zamonaviy transport vositasida  Xoja Muhammad Orif  ar- Revgariy,  Xoja Muhammad Anjir Fag`naviy, Xoja Ali Rometaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Hazrat Bahouddin Naqshband ziyoratgohlariga tashrif buyuriladi.


4-kun (Dushanba). Buxoro-Shaxrisabz-Samarqand.

            Mehmonxonada nonushtadan so`ng Amir Temur tug`ilgan qadimiy Kesh tomon yo`lga chiqiladi. Temuriylar davrida qurilgan Oq Saroy, Dor-us-saodat, Dor-ut-tilovat majmualariga tashrif va Samarqandga jo’nash. Samarqandga yetib kelishdan oldin Dovud Payg`ambar ziyoratgohiga tashrif.  Zamonaviy, barcha qulayliklarga ega mehmonxonada joylashish. 


5-kun (Seshanba). Samarqand.

 Mehmonxonada nonushtadan so`ng  Amir Temur maqbarasi (XV asrda qurilib, ikki o`gillari va nevaralarining qabrlari joylashgan), hamda O`zbekistonnning turistik ramzi bo`lgan Registon maydonida joylashgan Ulug`bek (XV asr),  Sherdor (XVII asr) va Tillo Kori (XVII) madrasalariga,"Ziji Jadidi Ko`ragoniy" 1018 yulduzlar jadvali yaratilgan dargoh,  Ulug`bek rasadxonasi (XV asr)  va muzeyiga, Muhammad Payg`ambar avlodlaridan Xusam ibn Abbos hamda Amir Temur zamonida yashagan buyuk shaxslar va amirzodalarning maqbaralaridan tashkil topgan Shoxi Zinda ziyoratgohigaBibixonim jome masjidiga tashrif.


6-kun (Chorshanba). Samarqand-Chelak-Samarqand.

Nonushtadan so`ng islom dunyosining muhim ziyoratgohlaridan biri, hadis ilmining sultoni Imom Al-Buxoriy majmuasiga, Xo`ja Doniyor ziyoratgohiga tashrif va Samarqandning dunyoga mashhur “Siyob” bozorini aylanish. Shaxsiy ishlar bilan shug`ullanish uchun yarim kun bo`sh vaqt.


7-kun (Payshanba). Samarqand-Nurota-Buxoro.

            Nonushtadan so`ng Navoiy viloyatidagi Nurota tumaniga jo`nash. Payg`ambar avlodlari Imom Hasan va Imom Husayn qadamjolariga, Nur chashmasiga va Iskandar Zulqarnayn qal`asining qoldiqlariga tashrif. Nurotadan Buxoro tomon jo`nash. Yo`l-yo`lakay XII asrda qurilgan Rabot Malik karvonsaroyi, Sardoba, Vobkent minoralariga tashrif. Buxoroga yetib kelish va tarixiy markazdagi mehmonxonada joylashish.


8-kun (Jum`a). Buxoro-Farg`ona.

            Nonushtadan so`ng Buxoro amirlarining yozgi qarorgohi Sitorayi Mohi Xossa va Chor Bakr tarixiy obidalariga tashrif. Tushlikdan so`ng aeroportga jo`nash va HY 1331 raqamli Buxoro-Farg`ona (14.35-16.20) avia reysida qaytib uchib ketish.

Sayohat narxi:

Mehmonlar soni

2

kishi

3-4

kishi

5-9

kishi

10-15

kishi

16-19

kishi

20-29

kishi

30-40  

kishi

Narxi (bir kishiga)

 

1 728 000 so`m

 

 

1 448 000 so`m

 

 

1 328 000 so`m

 

 

1042 000 so`m

 

 

946  000 so`m

 

848 000

so`m

 

724 000

so`m

   

Sayohat narxiga kiradi:

-          Buxoroda 2,5 kun  va Samarqandda 1,5 kun gid xizmati;

-          Sayohat davomida transport xizmati;

-          7 kecha, barcha qulayliklarga ega, mehmonxona xizmati;

-          Nonushtalar;

-          Dasturda ko`rsatilgan tarixiy obidalar va muzeylarga kirish chiptalari.

 

Eslatma: sayohat narxiga Farg`ona-Buxoro-Farg`ona avia chiptasi, tushlik va kechki ovqatlar kirmaydi. Jahongashta.uz, sayyohlar soni 10 kishidan ortgan taqdirda, butun yo`nalish bo`ylab gid-hamroh xizmatini taqdim etadi; to`lovlar Sizga qulay barcha vositalarda amalga oshiriladi.


Jahongashta.uz  –  tez, ishonchli, asosiysi astoyidil!

 

 

 


 

Yangiliklar

  • Innovatsion ekskursiya!

    Barcha murabbiylar diqqatiga!!! Somoniylar maqbarasining sirlarini bilamizmi? Yoshlar o`rtasida shahrimizning qadimiy boy tarixini keng targ`ib etish, ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida jahongashta.uz tomonidan Somoniylar istirohat bog`ida...

Dolzarb yangiliklar

Eski shaharda bahor

Eski shaharda bahor

Batafsil

Innovatsion ekskursiya!

Innovatsion ekskursiya!

Batafsil

Maslahat

Maslahat

Batafsil

Rassom

Rassom

Batafsil

Al Beruniy tug`ilgan kun

Al Beruniy tug`ilgan kun

Batafsil

Blog

  • РАҚОБАТБАРДОШ ТУРИСТИК ҲУДУД БРЕНДИ ВА ИМИЖИНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАРИ

      “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журналининг 2018 йил 5-сонида Бухоро давлат университети Туризм кафедраси доценти Н.С....

  • Ўзбекистон туризмини мустақил уюшган сайёҳлар сегментига мослаштириш

     " Ўзбекистон туризмини мустақил уюшган сайёҳлар сегментига мослаштириш" номли мақола  “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон...

  • МАМЛАКАТ ДОИРАСИДА ТУРИЗМНИНГ УЧ МАКОНЛИ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ

    БухДУ Туризм факультети докторанти Ибрагимов Н.С. МАМЛАКАТ ДОИРАСИДА ТУРИЗМНИНГ УЧ МАКОНЛИ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ.