+99891 646-12-12

"O'zbek" atamasi

“O'zbek” etnonimining kelib chiqishi va mohiyati.


        XVI asr boshlarida Movarounnahrga ko'chib kelgan turk-mo'g'ul qabilalari “o'zbek” nomini olib kelishdi. Keyinchalik bu nom etnik ahamiyat kasb eta boshladi. Ammo, bundan o'zbek elat sifatida XVI asrning boshlaridagina shakllandi, degan ma'no kelib chiqmaydi. Xalqning tarixi uning nomidan qadimiyroq bo'lishini tasdiqlovchi misollarni boshqa ko'pgina mamlakatlardan ham keltirish mumkin. Ana shunday misollardan biri Movarounnahrdir.

        Hozirgi O'zbeksiton yerlaridan keyinchalik o'zbeklar deb atalgan aholi juda qadim zamonlardan yashab kelgan.

        XIII asrning 80-yillari – XIV asrning boshlarida “o'zbek” atamasi Dashti Qipchoqning turk-mo'g'ul ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi aholisining umumiy nomi sifatida arab va fors tilidagi asarlarda qo'llana boshlandi.

        “O'zbek” etnonimining kelib chiqishi va mohiyati xususida turli fikrlar mavjud. Olimlarning bir guruhi bu atamaning kelib chiqishini Oltin O'rdaning mashhur hokimi O'zbekxon (1313-1342) nomi bilan bog'laydilar. Boshqa bir guruh olimlar “o'zbek” atamasi Dashti Qipchoqning sharqiy qismida vujudga kelgan va bu yerda yashovchi barcha turk-mo'g'ul qabilalariga nisbatan qo'llanilgan deb hisoblaydilar. Uchinchi guruh tadqiqotchilar esa Dashti Qipchoqdagi turk-mo'g'ul aholisi uchun umumiy nom sifatida “o'zbek” atamasi XIII asrning oxirida, ya'ni O'zbekxondan ilgari vujudga kelgan, deb ta'kidlaydilar.

        Ammo, deyarli barcha tadqiqotchilarning fikricha, XVI asrning boshlarida Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga ko'chib kelgan turk-mo'g'ul qabilalarining bir qismi asta-sekin mahalliy turk aholisi bilan singishib ketib, turk aholisi tarkibiga so'nggi asosiy qatlam bo'lib qo'shildi va shu bilan birga ularga o'z nomini berdi.

        Shimoldan kelgan ko'chmanchi qabilalar asta-sekin o'troq bo'la boshladilar. Ular Movarounnahrga kelgan dastlabki yillaridayoq Samarqand, Buxoro va O'rta Osiyodagi boshqa markazlarning aholisi singari ko'chmanchi zodagonlarning va Shayboniylar yangi hukmron sulolasining vakillari sifatida tilga olinadilar. Ammo, ko'chib kelgan qabilalarning bir qismi ancha vaqtgacha ko'chmanchilik va yarimko'chmanchilik turmush tarzini tark etmadilar.

        Ko'chmanchilarning qishloq deb ataladigan ilgarigi qishki manzilgohlari asta-sekin doimiy istiqomat joyiga aylana boshladi. U yoki bu qabila o'troq bo'lib qolgan joylar shu qabila nomini ola boshladi. Qo'ng'irot, Mang'it, Qipchoq, Majar, Do'rmon va shu singari aholi yashaydigan joylarning nomi ana shu tarzda kelib chiqqan.

        Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, murakkab etnik jarayon umuman shunga olib keldiki, Dashti Qipchoq qabilalari asta-sekin “o'zbek” degan umumiy nom bilan atala boshladilar va bu nom O'rta Osiyo ikki daryo oralig'idagi qadimiy o'troq turk tilida gaplashadigan aholi tomonidan qabul qilinib, uning ilgarigi “turk” nomi o'rniga ishlatila boshladi. XVI asrning oxirlarida Buxoro xonligining butun aholisi (Dashti Qipchoq o'zbeklaridan tashqari) turklar va tojiklarga bo'lingan bo'lsa, keyinchalik, XVII asrning oxirlarida tarixchilar faqat o'zbeklar va tojiklarni tilga oladilar. Bundan keyingi asrlarda ham etnik markazlashuv jarayoni davom etdi.


Manba: http://muxlis.uz/lat/article/185/


Yangiliklar

  • Innovatsion ekskursiya!

    Barcha murabbiylar diqqatiga!!! Somoniylar maqbarasining sirlarini bilamizmi? Yoshlar o`rtasida shahrimizning qadimiy boy tarixini keng targ`ib etish, ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida jahongashta.uz tomonidan Somoniylar istirohat bog`ida...

Dolzarb yangiliklar

Rassom

Rassom

Batafsil

Maslahat

Maslahat

Batafsil

Eski shaharda bahor

Eski shaharda bahor

Batafsil

Al Beruniy tug`ilgan kun

Al Beruniy tug`ilgan kun

Batafsil

Innovatsion ekskursiya!

Innovatsion ekskursiya!

Batafsil

Blog

  • РАҚОБАТБАРДОШ ТУРИСТИК ҲУДУД БРЕНДИ ВА ИМИЖИНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАРИ

      “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журналининг 2018 йил 5-сонида Бухоро давлат университети Туризм кафедраси доценти Н.С....

  • Ўзбекистон туризмини мустақил уюшган сайёҳлар сегментига мослаштириш

     " Ўзбекистон туризмини мустақил уюшган сайёҳлар сегментига мослаштириш" номли мақола  “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон...

  • МАМЛАКАТ ДОИРАСИДА ТУРИЗМНИНГ УЧ МАКОНЛИ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ

    БухДУ Туризм факультети докторанти Ибрагимов Н.С. МАМЛАКАТ ДОИРАСИДА ТУРИЗМНИНГ УЧ МАКОНЛИ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ.