+99891 646-12-12

Tarixi

 

 

O'zbekiston tarixi tosh davridan boshlanadi. Quyida keltirilayotgan solnomadan hozirgi O'zbekiston qanday shakllanganini bilish mumkin.

 

 Qadimgi tosh davridagi O'zbekiston (700/500 - 100 ming yillar oldin).

 Farg'ona va Buxoro tumanlaridan topilgan tosh qazilma qurollari hozirgi O'zbekiston hududida dastlabki tosh davridayoq insonlar yashay boshlaganini ko'rsatadi.

 

O'zbekiston Le Moustier davrida (100-40 ming yillar oldin).

 Yangi turdagi neandertal odamning 8-9 yoshli bolasi arxeologik topilmasining Teshiktosh g'oridan qazib olinishi MDH hududidagi qadimgi ko'mish marosimi haqida xabar beradi. Bola jasadi chuqurga joylanib, atrofiga tog' echkisi suyaklari terib qo'yilgan ekan.

 O'sha joyda topilgan qazilma, odamlar qadimda yeguliklarini ov va terib olishlar bilan topganliklarini bildiradi.

 Ibtidoiy mehnat qurollari (asosan o'lja maydalashga ishlatilgan) toshdan tayyorlangan. Yog'och qurollar ham topilgan (ovda ishlatilgan yo'nilgan nayza uchlari), suyaklar ham (mehnat qurollariga ishlov beruvchi). Bu narsalar qadimgi insonlarning yangi materialga ega bo'lishga intilganini ko'rsatadi.

  

O'zbekiston yuqori paleolit davrida (40-12 ming yillar oldin)

 Zamonaviy odam - kromanon tipidagi insonning paydo bo'lishi.

 

O'zbekiston mezolit davrida - o'rta tosh davri - eramizdan avvalgi 12-7- ming yilliklar.

Olimlarning fikricha, iqlim sharoitining va hayvonot dunyosining o'zgarishi insonlarni ishlab chiqarish oz bo'lgan ovchilikdan yangi tirikchilik manbai - dehqonchilik va chorvadorlikka o'tishga majbur qilgan.

 

O'zbekiston neolit (yangi tosh) davrida - e.a. 6-4- ming yillik.

Insoniyat taraqqiyotidagi muhim bosqich. "Neolit inqilobi" deb ataluvchi o'zgarishlar sodir bo'lgan davr. Ya'ni,  o'zlashtirma xo'jalikdan (ov, yig'ib-terib yurish), dehqonchilik, chorvadorlik kabi ishlab chiqaruvchilik shakllariga o'tish.

 

O'zbekiston eneolit (mis) davrida - e.a. 4-3- ming yillik.

Ijtimoiy mehnat taqsimoti hamda hunarmandchilik yuzaga kelishi bilan matriarxat yo'qola boshladi. Qarindoshlik ota tomonidan yo'lga qo'yilib, patriarxat davri vujudga keldi.

 

O'zbekiston bronza davrida - e.a. 3- ming yillikdan e.a. 1- ming yillik o'rtalarigacha.

Dehqonchilik va chorvadorlik yoyilishi va rivojlanishi. Bronzadan qurollar, oltindan taqinchoqlar tayyorlanishi.

Tog'dan mis qazib olish, metall quyish, zargarlik ishlari rivojlangan edi. Sug'orish texnikasi, sun'iy ariqlar, sug'orish tizimlari taraqqiy topdi. Ichki va tashqi savdo keng rivojlandi. Xat yozish yuzaga keldi.

 

O'zbekiston dastlabki temir davrida (e.a. 1- ming yillik yarmidan, eramizning 1- asrlarida)

Bu davrda yozma manba - tarixiy manbalarning yangi qatlami paydo bo'ldi.

Nisbatan qadimiy yozma yodgorliklardan biri - "Avesta". Birinchi monoteistik dininig muqaddas madhiyalari to'plami (hayot, borliqni oq-qora va yaxshi va yomonlikka bo'lgan dinlardan biri). Ahamoniylar yozuvlari paydo bo'ldi (Ahamoniylarning birinchi imperiyasi bilan birga), e.a. VI-IV asrlardagi yunon-rum manbalari (Herodot, Strabon, Ktessiy, Ksenofont va boshqalar), O'rta Osiyo hududida xususiy xat turi yuzaga keldi. Hududda bronza davridan boshlab e.a. 1-ming yillikda shahar inqilobi kelib chiqdi. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo kuchaydi. Shaharlar va shahar madaniyatining mavjudligi taraqqiyot belgilarining biri, davlatchilik rivojlanishiga aniq bir qadam hisoblanadi.

 

O'zbekiston e.a. VII-VI asrlarda

O'rta Osiyoda birinchi davlat birlashmalari yuzaga kelishi (Sog'diyona, Baqtriya, Xorazm).

 

O'zbekiston e.a. 535 va 529-331 yillari

Ahamoniylar sulolasining O'rta Osiyoda hukmronlik qilishi

 

O'zbekiston e.a. 519 yili

Doro 1 ning Behistun qoyasida xorazmliklar, sog'dliklar, saklar va baqtriyaliklar haqida ilk yozma manbalarning paydo bo’lishi.

 

 O'zbekiston e.a. 329 yilda.

Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) tomonidan O'rta Osiyoning zabt etila boshlanishi

 

 O'zbekiston e.a. 312-250 yillari

O'rta Osiyo yerlarining yunon-makedon Selevkidlar davlati ta’siri ostiga o'tishi

 

 O'zbekiston taxminan e.a. 250 yillari

Mustaqil yunon-baqtriya davlatining tuzilishi.

 

 O'zbekiston e.a. I asr oxiridan eramizning IV asrigacha

O'rta Osiyo hududining  Kushon davlati ta’siri ostiga o'tishi.

  

O'zbekiston eramizning V asri o'rtalarida

Eftalitlar davlatining tashkil topishi.

 

 O'zbekiston eramizning VI asri o'rtalarida

Turk xoqonligining tashkil topishi.

 

 O'zbekiston 651 yili.

O'rta Osiyo yerlariga arablarning birinchi yurishi.

 

 

O'zbekiston 874-999 yillari

Hududning Arab xalifaligi ta’siridan ozod bo’lishi va Somoniylar davlatining tuzilishi.

 

 O'zbekiston 999 yili.

Movarounnahrda Qoraxoniylar davlatining o'rnatilishi.

  

O'zbekiston 1089 yili.

Saljuqiylar sultoni Malikshoxning Movaraunnahrni bosib olishi.

 

O'zbekiston 1219 yili.

Chingizxonning Movaraunnahrga bostirib kelishi.

 

 O'zbekiston 1370-1405 yillari.

Sohibqiron Amir Temurning Movarounnahrdagi hukmronlik yillari (poytaxt Samarqand).

 

 O'zbekiston 1409-1449 yillari.

Ulug'bekning Movarounnahrdagi hukmronlik yillari (poytaxt Samarqand).

 

 O'zbekiston 1499 yili.

Shayboniyxon boshchiligida Movarounnahr yerlariga ko'chmanchi qabilalarning bostirib kelishi.

1505 yil Shayboniyxon qoʻshinlari Xorazmni egallab oladi. Lekin 1512 yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qoʻhna Urganch va Xiva shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan.

 

 O'zbekiston Abdullaxon II davrida.

Abdullaxon II (1557-1598yy) nomi bilan yagona kuchli davlat barpo etish harakati bog`langan. U 1557 yil Buxoroni zabt etadi, 1561 yil bu yerga poytaxt ko`chiriladi va davlat Buxoro xonligi nomi bilan yurita boshlanadi.

 

O'zbekiston 1880-1899 yillari.

O'rta Osiyoda birinchi temir yo'lining qurilishi

 

 O'zbekiston 1917 yil noyabri - 1918 yil martida.

Turkiston o'lkasida sho'ro hukumati o'rnatildi. Hududning asosiy qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi; 1920 yili Buxoro Xalq Sovet respublikasi va Xorazm Xalq Sovet respublikasi tashkil etildi.

 

 O'zbekiston 1924 yil 27 oktyabrda.

O'zbekiston SSR tashkil topishi. 1925 yili u SSSR tarkibiga ittifoqdosh respublika bo'lib kirdi.

 

 O'zbekiston 1990 yilning 20 iyunida.

O'zbekiston SSR Oliy Majlisi tomonidan O'zbekiston SSRning davlat suverentligi deklaratsiyasi qabul qilindi.

  

O'zbekiston 1991 yil 31 avgustida

Respublikaning oliy qonunchilik organi  O'zbekistonning davlat mustaqilligi va O'zbekiston respublikasi nomli suveren davlat tashkil topganini e'lon qildi.

 

 


 

 

Yangiliklar

  • Innovatsion ekskursiya!

    Barcha murabbiylar diqqatiga!!! Somoniylar maqbarasining sirlarini bilamizmi? Yoshlar o`rtasida shahrimizning qadimiy boy tarixini keng targ`ib etish, ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida jahongashta.uz tomonidan Somoniylar istirohat bog`ida...

Dolzarb yangiliklar

Eski shaharda bahor

Eski shaharda bahor

Batafsil

Maslahat

Maslahat

Batafsil

Al Beruniy tug`ilgan kun

Al Beruniy tug`ilgan kun

Batafsil

Rassom

Rassom

Batafsil

Innovatsion ekskursiya!

Innovatsion ekskursiya!

Batafsil

Blog

  • РАҚОБАТБАРДОШ ТУРИСТИК ҲУДУД БРЕНДИ ВА ИМИЖИНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАРИ

      “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журналининг 2018 йил 5-сонида Бухоро давлат университети Туризм кафедраси доценти Н.С....

  • Ўзбекистон туризмини мустақил уюшган сайёҳлар сегментига мослаштириш

     " Ўзбекистон туризмини мустақил уюшган сайёҳлар сегментига мослаштириш" номли мақола  “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон...

  • МАМЛАКАТ ДОИРАСИДА ТУРИЗМНИНГ УЧ МАКОНЛИ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ

    БухДУ Туризм факультети докторанти Ибрагимов Н.С. МАМЛАКАТ ДОИРАСИДА ТУРИЗМНИНГ УЧ МАКОНЛИ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ.