+99891 646-12-12

Buyuk shaxslar

AL-XORAZMIY 
(780 - 850)

     Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug`ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. Olim 850 yilda Bag`dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma`mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a`zolaridan biri edi. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bogʻdoddagi Bayt ul-Hikmada olim sifatida ishlab oʻtkazdi.

     U Al-Farg`oniy bilan Bag`dodda rasadxona qurishga boshchilik qildi. Rasadxonadagi asboblar yordamida koinot sirlarini va yer kurrasini o`rgandi.

     Al-Xorazmiy va Al-Farg`oniy boshchiligidagi olimlar 1000 dan ortiq yulduzlarni tekshirdilar hamda ularning joylashish xaritasini  tuzdilar, yer kurrasining aylana uzunligini aniqladilar.

Asarlari: «Yerning surati», «Astronomik jadvallar», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi», «Mafotixul-ulum» («Ilmlarning kalitlari», 9 kitobdan iborat), «Kuyosh soatlari to`g`risida», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus zijlari», «Yer sathini o`lchash» va boshqalar.

AHMAD FARG`ONIY
(taxm.797, Farg`ona - 865, Misr)

     Buyuk alloma Ahmad Farg`oniy Farg`onada tug`ilgan. IX asrda yashab ijod etgan. Uning asl ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg`oniydir. 

     Allomaning ijodiy faoliyati Bag`dod bilan, Al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko`rsatgan «Baytul hikma» bilan bog`liq. Farg`oniy Bag`dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga qatnashgan, Ptolomey «Yulduzlar jadvali» dagi ma`lumotlarni tekshirgan, 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, Yerning dumaloq ekanligini ochgan, Misrda Nil daryosi suvini o`lchaydigan asbob yasagan, falakiyot ilmiga munosib hissa qo`shgan. Yevropaliklar allomani «Al Fraganus» deb atashgan. Uning 7 ta asari saqlanib qolgan. 1998-yilda Farg`oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Kuva shahrida unga haykal o`rnatildi va istirohat bog`i barpo etildi.

Asarlari: «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Astronomiya asoslari»), «Falakiyot ilmining usullari haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Yetti iqlim hisobi`` va boshqalar. 

ABU NASR FOROBIY
(873 - 950)

     Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O`zlug` Tarxon Forobiy 873 yilda Forobda tug`ilgan. Dunyo ahli Arastuni birinchi muallim deb bilishsa, Forobiyni «Muallimus-soniy», ya`ni «Ikkinchi muallim» deb atashgan. Boshlang`ich ma`lumotni ona yurtida olgan, keyin Toshkent, Buxoro, Samarqandda o`qigan, Bag`dod, Isfahon, Hamadon, Ray shaharlarida bo`lgan. 
     Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan, falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, tabiat, fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan katta shuhrat qozonib, 160 dan ortiq asar yozgan. Bizgacha 40 ga yaqin asari yetib kelgan. Forobiy 950 yilda Damashqda vafot etgan.

     Asarlari: «Arastu qonunlarining mohiyati haqida», «She`r san`ati haqida» (Arastuning «Poetika» asariga sharh sifatida yozilgan risola), «Fozillar shahri aholisining` fikrlari», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Baxt-saodatga erishuv haqida risola» va boshq.

 

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

          Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta`limni ona shahrida olgan. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o`tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048-yil 13-dekabrda G`aznada vafot etgan. “Berun” yoki “Birun” so`zi “tashqari” degan ma`noni anglatadi.

     Ma`lumotlarga yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi ma`lum. Bizgacha ulardan 27 tasigina yetib kelgan. Uning bir qancha kitobi tibbiyot ilmiga bag`ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tibbiyot va tabiat hodisalarini o`rganish usullari, harakat, tovush, issiqlik, yorug`lik, elektr, magnetism, atmosferadagi hodisalar, modda tuzilishi haqidagi ijodiy ishlari katta ahamiyatga ega bo`ladi.

       Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yo`li», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshqalar.

Abu Ali Ibn Sino (980-1037)

     O`rta Osiya turkiy olimi, faylasufi 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan. G`arbda Avitsenna ismi bilan mashhur. Ibn Sino 17 yoshdayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshdan boshlandi. Zamondoshlari ibn Sinoni Shayx ar-rais, Sharaf al-mulk, hujjat al-haq, Hakim al-vazir deb ataganlar. Jahon fani tarixida ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo`lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tibbiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag`ishlangan. Ibn Sinoning tabobatda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog`ladi.  Olim 1037-yilda Eronning Hamadon shahrida vafot etgan bo`lib, maqbarasi ayni shu shaharda joylashgan.

 

         

 

 

 


Yangiliklar

  • Innovatsion ekskursiya!

    Barcha murabbiylar diqqatiga!!! Somoniylar maqbarasining sirlarini bilamizmi? Yoshlar o`rtasida shahrimizning qadimiy boy tarixini keng targ`ib etish, ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida jahongashta.uz tomonidan Somoniylar istirohat bog`ida...

Dolzarb yangiliklar

Maslahat

Maslahat

Batafsil

Al Beruniy tug`ilgan kun

Al Beruniy tug`ilgan kun

Batafsil

Innovatsion ekskursiya!

Innovatsion ekskursiya!

Batafsil

Rassom

Rassom

Batafsil

Eski shaharda bahor

Eski shaharda bahor

Batafsil

Blog

  • РАҚОБАТБАРДОШ ТУРИСТИК ҲУДУД БРЕНДИ ВА ИМИЖИНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАРИ

      “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журналининг 2018 йил 5-сонида Бухоро давлат университети Туризм кафедраси доценти Н.С....

  • Ўзбекистон туризмини мустақил уюшган сайёҳлар сегментига мослаштириш

     " Ўзбекистон туризмини мустақил уюшган сайёҳлар сегментига мослаштириш" номли мақола  “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон...

  • МАМЛАКАТ ДОИРАСИДА ТУРИЗМНИНГ УЧ МАКОНЛИ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ

    БухДУ Туризм факультети докторанти Ибрагимов Н.С. МАМЛАКАТ ДОИРАСИДА ТУРИЗМНИНГ УЧ МАКОНЛИ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ.